Tuproq ko’tarma

Tuproq ko’tarma – temir yo’l yuqori qurilmasiga yoki avtomobil yo’li qoplamasiga asos bo’lib xizmat qiluvchi to’kma, qazilma, yarim to’kma-yarim qazilma ko’rinishdagi tuproqli muhandislik inshooti. Yer ko’tarmasiga, bevosita u bilan aloqador suv ketkazuvchi, mahkamlovchi va himoya qurilmalari va inshootlari (kyuvetlar, lotoklar, barma, tirkama devorlar va shu kabilar) kiradi.