Tsement suv o’tkazmaydigan, kengayuvchi

Tsement suv o’tkazmaydigan, kengayuvchi – glinozemestli shlak (67% dan 76% gacha), yarim suvli gips (20% dan 22% gacha) va gidroalyuminatli kaltsiyni (4CaO Al2O3 12N2O 10%dan 11% gacha) qo’shib maydalash bilan olinadigan tez kirishuvchi va tez qotuvchi gidravlik bog’lovchi modda. Suv o’tkazmaydigan, kengayandigan tsement metro qurilishida cho’yan quvurlar choklarini choklash uchun qo’llanadi.