Abu Dabi Islom banki

Abu Dabi Islom banki – islom banki. Dastlab xususiy qo’shma kompaniya sifatida 1997 yil 20 mayda tashkil etilgan. 1998 yildan hozirgi nomad. Madaniyat va aloqa vaziri Shayx Abdulloh Zoid Oli Nahayon tomonidan rasmiy ravishda bank sifatida ochilgan. Unda barcha shartnoma, operatsiya va kelishuvlar islom ahkomlariga binoan olib boriladi. Bank faoliyatini 100 million aktsiya paketlariga bo’lingan 1 milliard dirhamlik capital bilan boshlagan. Bitta paketning qiymati-10 dirham, Paketlar Abu Dabi moliya bozorida ro’yxatdan o’tkazilgan. Aktsiyalarning 39% iga ta’sischilar, 61% iga esa aktsiyadorlar egalik qiladi. Ta’sischilari-boshqaruv oilasining a’zolari, Abu Dabi investitsiyalar boshqarmasi, BAAning mashhur, ko’zga ko’ringan sarmoyadorlari. Asosiy maqsadi-global jamiyatga islom moliyaviy yechimlari bilan kirib borish.