Amir Temur sulolasi. Oila: to’rt ustunlik va to’rt fazilat uyg’unligi

Qadimdan hamma dinlarda oila tashkil topishi, jipsligi asoslari muqaddas kitoblar yo’riqlari bo’yicha shakllangan va amal qilgan.oila tarixiga oid g’oya va fikrlarning dastlabki namunalarini aynan diniy-tarixiy manbalardan izlash lozimligi haqiqatga yaqin, deyilgan qarashlada jon bor. Oilaning tenglik, to’g’rilik, halollik asosiga qurilishi “Avesto”da – Zardushtiylik dinining muqaddas kitobida bosh e’tibor qaratilgan jihatdi. “Yasht”ning 3-bobidagi Axura Mazda qonunlarida bu xususiyat yaqqol ko’zga tashlanadi: “Tangri Mitrani ulug’laymiz. Unga hech kim yolg’on gapira olmaydi – na uyda oila boshlig’i, na urug’ oqsoqoli, na qabila yo’lboshchisi van a mamlakat sardori. Agar uy egasi… yolg’onchi bo’lsa, g’azablangan Mitra ularni tamoman yo’q qiladi”. Bu muqaddas so’zlar oila mustahkamligi asosi to’g’rilikda, yolg’on aralashmagan turmush tarzida ekanligini o’zida ifoda etib turadi. “Avesto”dagi ikkinchi hikmat – oila bardavomligining tamal toshi mehnat bilan uzviy bog’lanadi, chunki “kim yerni sevsa, uni o’ng va chap qo’li bilan hamda chap va o’ng qo’li bilan ishlasa, ueri serhosil bo’ladi. Uni mehnat evaziga o’z hosili bilan boy-badavlat qiladi. O’n besh yoshli qizni erkak sevsa va uni xotin qilib qilib o’z mehrini bersa, qiz uning avlodini ko’paytiradi, dardavom qiladi. Demak yerni va qizni sevgan er ham o’zini boyitadi, oilasini farovon qiladi”. “Avesto”dagi uchinchi muqaddas yo’riq-sog’liq talabadir. Sog’liq ko’p tomondan taomga bog’liq bo’ladi. “Avesto”da ta’kidlanishicha, “yeb-ichmaydigan insonning toat-ibodat qilishicha kuchi bo’lmaydi. Er-xotinlik vaizfalarini ado etishga quvvati yetmaydi, bola tug’dira olmaydi”. Ajdodlarimiz amal qilgan bu muqaddas kitobdagi oilaga qo’yiladigan talablardan yana biri totuvlikdir.

“Avesto” ta’limotidan anglashiladiki, qizlar 15, o’g’illar 16 yoshda balog’atga yetgan deb hisoblangan. O’sha paytlarda ham yoshlarnign o’zboshimchalik qilib, oila qurishlariga yo’l qo’yilmagan. Keltiriladigan yan bir iqtibos fikrni oydinlashtiradi: “Sug’oriladigan bir bo’lak yeri, podasi, ayvonli hovlisi, 15 yoshli xotini bo’lgan, o’chog’i, bola-chaqasi bo’lgan, oilasini o’z mehnati bilan boquvchi, yerni yaxshi parvarish qiladigan, mol-holga qaraydigan odam begunohdir”. Qadimgi ajdodlarning oilani muqaddas tutishi mehnatga, yerga, oilasiga e’tiborsiz erkaklarni tartibga chqirganliklarida ham namoyon bo’ladi. Zurriyot qoldirishga qobiliyati bo’lib uylanmagan erkakka temir qizdirilib, tamg’a bosilgan, beliga zanjir bog’lab yurishga majbur etilgan. Turmush qurishni xohlamagan qiz, inson nasliga va uning ko’payishiga qarshi deb, qopga solingan va 25 darra urish bilan jazolangan “Avesto”da yaqin qarindoshlarning o’zaro oila qurishlari qat’iy man etilgan. Mehnatga yaroqli bo’ladigan, sog’lom bolalar tug’ilish rag’batlantirilgan, sharob ichmaslik, hushdan ketkazadigan vositalar iste’mol qilmaslik ta’kidlangan.

Abu Rayhon Beruniy “Hindiston” asarida, “Xalqlarning hech biri ham nikohdan hali emasdir. Nikoh o’z urg’ochisini qizg’anish va talashish kabi yomon oqsoqollarga yo’liqishdan saqlaydi, hayvonlarning bir-biriga qarshi g’azabini qo’zg’otadigan sabablarni kesib, yomon holatga tushuvdan qutqazadi. Kimki hayvonlarning juftlanishini va har hayvon o’z urg’ochisini qo’riqlab, boshqa hayvonlarni yo’latmasligini, undan begona hayvonlar ham umid uzishini o’ylasa, aql-idroksiz hayvonlardan ham umid uzishini o’ylasa, aql-idroksiz hayvonlardan tuban darajada qilishdan or qilib, zinodan saqlanadi va nikohni juda ham lozim topadi”, deb yozadi. Ko’pgina xalqlarda o’g’illarnin o’smirlik davridan uylanish odati bo’lgan. Turkiy xalqlarda bo’lgani singari hindlar ham farzandlarini erta uy-joyli qiladilar, qudalashuvchi tomonlar nikoh shartlarini bajo keltiradilar. Er bilan xotin o’rtasidagi nikohni o’limdan boshqa biror sabab buza olmagan. Hindlar ham islomiy nikoh aqidalarida ko’zda tutilganidek, to’rttagacha xotin olishga haqli bo’lganlar. Musulmonlarda ham er va xotinning ajralishi, garchi mumkin bo’lsa-da oilani isnodga va halokatga olib keladigan jiddiy vajlar bo’lmasa, taloq tizimi juda murakkab qilib qo’yilgan. Bu jihatdan Imom Shoge’iy hazratlarining quyidagi so’zlari ahamiyatlidir. Unda er-xotinlik aqdi amalga oshishdan burun, oila qurishning nozik jihatlariga rioya qilish uqdiriladi: “To’ydan oldin, kuyov bo’lajak kelin bilan, hech bo’lmasa, bir marta ko’rishuvi kerak. Tanlangan kelin qiz bo’lsin. Shunday qizni saylash kerakki, u bo’lajak eridan to’rt fazilati bilan ustun bo’lsin va to’rt sifati bilan undan quyida tursin: kelinning yoshi, bo’yi, boyligi va kelib chiqishi kuyovdagi shu sifatlardan pastroq bo’lishi lozim. Lekin go’zallik, fe’l atvor, odamshavandalik, nazokat kuyovga nisbatan kelinda baland bo’lsin. Ikkinchi tomondan, tug’maydigan ayollarga uylanish yaramaydi. Nihoyat, ko’rinishda toza, aqlli va odobli, go’zal bo’lib ko’rinadigan, amalda esa buning teskarisi bo’lgan ayollarga uylanmaslik kerak”.

Bu aytilgan va keltirilgan so’zlardan chiqadigan xulosalar nafaqat islomiy oilalar vujudga kelishida, balki turli e’tiqoddagi elatlar turmush qurish tarzida ham asqotadigan, nafaqat qadim uchun, qolaversa, barcha zamonlar uchun qimmatli oyinlar hisblanishga loyiqdir. Asrlar davomida shakllangan bu urf-odat XX asrning birinchi choraklariga qadar bardavom bo’lib keldi. Umum rioya qiladigan oilaviy qonun-qoidalardan, hatto hukmdorlar ham chetga chiqa olamagn. Lekin, istisnolar, haramni ko’paytirish, kanizaklar saqlash ham mavjud bo’lganligini inkor etish qiyin. Buning misollarini G’arb va Sharqda hukm surgan sulolalar oilaviy hayotlaridan istalgancha topish mumkin.

Chingizxon 9 yoshida uylangan. Uning Tinch okeanidan to Qora dengizgacha cho’zilgan istilo mulklarida harbiy yo’sindagi oilalar – safarlarda erlariga hamroh bo’ladigan xon, shahzodalar, no’yonlar oilalari vujudga keladi. “Abdullanoma” (XVI asr) asarida qayd etilishicha, Chingizxonning 500 ga yaqin xotini va kanizaklari bo’lgan. Haramidagi shu ayollar orasidan faqat beshtasi e’tiborli bo’lgan. Birinchi ayoli qo’ng’irot qavmidan bo’lgan Burta Kuchin edi.

Hamam xalqlarda ham yangi oilani vujudga keltirishda qiz tomonga mahr berish odati bo’lgan. Lekin asilzodalar podshohlar, amirlar, xullas, o’ziga to’q kishilar nikohning tantanali bo’lishiga, qalin mollarining miqdori oshirilishiga, to’ylarning mahobatli o’tishiga alohida e’tiborni qaratgan. O’zbek xalq dostonlarida bejizga qirq kunlik to’ylar haqida gapirilmagan. Bunday an’analardan XIV-XVI asrning xonlariga, shahzodalariga, amirlariga xos bo’lgan to’ylar ham mustasno bo’lmagan. Tarixiy asarlarda yo’l-yo’lakay aytib o’tilgan uzoq-yuluk xabarlar uylanish marosimining ikki xonadan, qolaversa, qavm va ulus hayotida muhim o’rin tutganligini dalolat etadi. Avvalo, xotin-xalaj bu ishda tashabbusni qo’lga oladi, kimda, qanday qiz borligini aniqlaydi, to’ydami, sayildami, mehmonchilikdami o’shanday qizlarni ko’z ostiga oladilar. Qudalarnign mavqeiga qarab, taniqli kishilar sovchilikka boradilar. Bu udumlar, urfu odatlar asrlar bilan barobar qadam tashlab, bardavom yashab keladi. Gohida maqomi baland nikohlar zurriyot nuqtai nazaridan ko’ra, siyosiy maqsadlarga bo’ysundiriladi. Bunda elchilik, tazyiq, tuhfa, hatto jangu jadal kabi “usul”lardan ham foydalanilgan.

Amir Husayn Movarounnahr taxtini egallagach, bunga zamin hozirlagan sarbadorlarni yo’q qiladi va Nizomiddin Shomiy guvohlik berganidek, “O’rnashib olgach, uning tabiatidagi xasislik g’olib kelib, mol to’plashga berilib ketdi. Uni deb boshini xavf-xatarga qo’ygan jamoatni o’zidan nafratlantirdi, ularning molini tortib olishga qasd qildi”. Uning hokimiyatga kelishida xizmati katta bo’lgan Amir Temurning yaqinlari – Amir Choku, Amir Sayfiddin, Oq bug’o bahodir, Elchi bahodir, Davlatshoh bahodirlar katta tovon to’lashga majbur etiladi. Muarrix, “Bu amirlar boshidan turli savdolar kechganligi natijasida aksar mollari yo’q bo’lib ketganligi boisdan Amir Husayn talab qilgan molni to’la yig’ib bo’lmadi. Amir Sohibqiron ularning ishiga bosh qo’shib, madad va yordam ko’rsatdi. Ularning muammolarini hal etish uchun ko’p oltinu kumush sarfladi. Jumladan, o’zining nikohida bo’lgan Amir Husaynning singlisi ulug’ og’o – Uljoy Turkon Og’oning ziragi va bilak uzugini ham olib, amirlarning musodara etilgan mollari hisobiga topshirdi… So’zning qisqasi, talab qilingan mablag’dan yana uch ming dinor qolgan edi. Amir Sohibqiron uning evaziga o’zining xos otlarini peshkash qildi. Amir Husayn otlar unga tegishli ekanligini bilib, qabul qilmadi va qaytarib yubordi. U “Men Soli Saroyga ketayapman, oltinga ehtiyojim bor, madad ber va yordam qil, mening mollarimni to’ldir, o’sha naqd uch ming dinorni ham yuborgin. Men uni Husayn So’fiyga (Xorazm hukmdori) qizining qalin moli sifatida yuboraman, dedi” so’zlarini keltirib o’tadi. Amir Temur, muarrix dalolat etganidek, “Molning qolgan qismini jamlab, Amir Husayn ortidan yuboradi”. Amir Husayn bu mollar va mablag’ni to’liq olganidan keyin Xorazm asliysi qizini nikohiga kiritgan bo’lishi mumkinligini ehtimoldan soqit qilib bo’lmaydi.

Qadim turkiy xalqlarda bo’lganidek, Yevropada ham bolalikdan belgi qilish – o’g’ilga qizni atash udum bo’lgan. Plutarx tarixida bu haqda anchagina msiollar uchraydi. Iskandar Moqiduniyning otasi Filipp bo’lajak xotini Olimpiadaga bolalik paytida “unashtiririb” qo’yilgan. Olimpiadaning ota-onasi erta o’lib ketishiga qaramay, ikki oila o’rtasidagi ahd buzilmagan, qinzning akasi Aribba voyaga yetgan qizni Filippga nikohlab beradi. Filipp yoshi bir joyga borganida ham, shoh sifatida, ishqiy mojarolardan tiyilmaydi. O’g’li Aleksand (Iskandar) 16 yoshga to’lganida Kleopatra degan yosh bir qizni xotinlikka oladi. Aysh-ishratga berilish oqibatida, muhimi, toju taxt havosida amalga oshadigan xotinbozliklar, shubhasiz, Olimpiada va Iskandarda otaga qarshi tuyg’ularni uyg’otmay qolmaydi. To’y paytida qizning amakisi Attala, “taxtning qonuniy vorisi” tug’ilishini tilak qiladi. Bunday qadah so’zidan junbishga kelgan Iskandar “Yaramas, nima, men senga noqonuniy tug’ilganmanmi?” deydi va yuziga mayni sepib yuboradi. Filipp, mast-alast holda, o’g’li Iskandarga qilich yalang’ochlab tashlanadi. Baxtga, u o’ralashib yiqiladi. Shunda Iskandar, “Odamlar, qaranglar, bu odam Yevropadan o’tib, Osiyoni zabt etmoqchi, holbuki, to’rt oyoqda xonada emaklashdan nariga o’ta olmayotir”, deydi zaharhanda bilan. Shu voqeadan keyin, oradan to’rt yil o’tib, Iskandar 20 yoshida, fitna qurboni bo’lgan otasi o;rnini egallaydi. Doro ustiga yurish qilgan Iskandar ustma-ust zafarlar kucha boshlaydi. Janglarning birida Doro harami – uy ichi asirga olinadi. Doroning onasi, xotini va ikki bo’y qizi Iskandar oldiga olib kelinadi. Xotin-qizlar shohona izzat-hurmatdan mahrum etilmaydi. Plutarx yozadiki, Doroning ayoli ham uning o’ziga o’xshash sarvqomat, malikalar ichida eng go’zali bo’lgan. Qizlari ham nihoyatda suluv, ota-onalariga tortgan ekan.

Aleksandr bungacha Damashqda asirga olingan Barsinaga uylangandi. Barsina Shom sultoni Memnonning bevasi edi. Barsina yunoncha tarbiya olgan, unign otasi Artabaz podshoh qizining o’g’li bo’lgan. Bu nikohga qadar Iskandarning biror ayol bilan ishqiy munosabatlari bo’lmagan.

Doro ustidan to’la g’alaba qozonilgandan keyin Suzda Iskandar Doroning sohibjamol qizi Istatiraga uylanadi. Katta to’y tashkil etiladi. Sarkardalarning o’zini janglarda ko’rsatganlariga chiroyli fors qizlarini xotin qilib beradi. Plutarxning xabar berishicha, to’yga 9 ming odam taklif etilgan va ularning har biri uchun bittadan oltin qadah tayyorlangan. Jahon fotihlari orasida Iskandarning oilaviy hayoti nisbatan tamkinligi bilan ajralib turadi. Uning mazlum etilgan o’lkalar hukmdorlarining qizlariga uylanishi Chingizxon qiyos etilganda tafovut yaqqol bilinadi.

Oila va oilaviy munosabatlarga o’z davri nuqtai nazaridan yondashgan holda fikr yuritish voqelikni asliga monand talqin etishga imkon beradi. Shu jihatdan XIV-XV asrlar oila tarixida Sohibqiron Amir Temur asoslangan xonadonning o’rni alohida ekanligini ta’kidlash hojat emas. Bu xonadonda na Iskandar va na Chingizxon singari oilaviy munosabatlar toju taxt vositasida asoslangan emas. Amir Muhammad Tarag’ay kelib chiqishi sipohiylardan bo’lsa-da, bu sohada uzoq xizmat qilmagan, o’z xo’jaligini yuritgan, mol-mulki bilan shug’ullangan, taniqli ruhoniylarga ixlosmand, e’tiqodli va obro’li kayvonilardan edi. Ota-onasi vafot etganda Temurbek o’gay onasi Qadoq Xotun va singlisi Shirinbeka Og’o, xotini va ikki o’g’li bilan ixchamgina ro’zg’or egasi bo’lib qolgan edi. Otasi Muhammad Tarag’ay hayotligi paytida uning Umarshayx va Jahongir ismli farzandlari tug’ilgan edi. Bunday olganda, Temurbek elimizda aksar ko’pchilikni tashkil etadigan ixcham oila boshlig’i edi. Jahonga larza slogan sulolaning tarixi ana shunday oddiy, nisbatan kichik oiladan boshlanadi. To’rt asrdan oshiq Movarounnahr, Xuroson, fors va arab, hind mulklarida hukm surgan Temuriylarning oila tutumi, tarmoq yoyishi, sulola tusini olishi bir shaxsda mujassam bo’lgan hayratomuz qobiliyat bilan izohlanadi.

Fikr bildirish