BAHODUR TUDUN
BAHODUR TUDUN (tutun) – Choch hokimlaridan biri. 713 yil Choch viloyati hokimi, Xitoy yilnomalarida Moxedu tutun deb berilgai. Qutayba ibn Muslim rahbarligidagi Arab fotixlarining Chochga 713 yilda qilgan dastlabki hujumini qaytarishga muvaffaq bo’lgan. Sug’d xujjatlaridan birida Panjikent hokimi Devashtichning elchisi Fatufarn 719 yil Chochda tudun va Choch hokimi bilan uchrashgani haqida gap boradi. Bunda tudun xoqonlik tayin etgan lavozim nomi xolos. Shunga ko’ra, Moxedu tudunning Choch bilan bog’lanishi bir ilmiy taxmin deb qaralishi mumkin.