BAHROM CHO’BIN

BAHROM CHO’BIN (? – 592) – sosoniylar sulolasidan bo’lgan Xusrav I Anushirvon (531 — 579) va Hurmuzd IV (579 – 590) ning sarkardasi. Bahrom Cho’bin 563 — 567 yillari Sharqda eftaliylar va ashina turklari bilan urush olib borgan. 60-70-yillarda Vizantiya bilan olib borilgan urushlarda mag’lubiyatga uchragan. Xusrav I va Hurmuzd IV davrida bir qator ma’muriy islohotlar o’tkazilib, badavlat aslzodalarning siyosiy mavqei cheklab qo’yildi. Bahrom Cho’bin sarkardalikdan chetlatildi. Bahrom Cho’binning mansabdai chetlatilishi katta qo’zg’olonga bahona bo’ldi. U qo’shin to’plab, mamlakat poytaxti Ktesifonga qarab yurdi (590). Aynan shu vaqtda poytaxtda podshohga qarshi fitna uyushtirilib, Hurmuzd IV o’ddirildi, taxtga uning o’g’li Xusrav II Parviz o’tirdi. Bahrom Cho’bin qo’zg’olonni davom ettirib, poytaxtni eg’alladi va o’zini podshohdeb e’lon qildi. Xusrav II Vizantiyaga, imperator Mavrikiy huzuriga qochdi va uning yordamida taxtni qayta qo’lga kiritdi (591). Bahrom Cho’bin turk xoqoni huzuriga qochib, tez orala o’sha yerda o’ldirildi.