BEDAPOYA
BEDAPOYA — beda bilan band bo’lgan dala. Sug’oriladigan dehqonchilikdagi almashlab ekish sxemasiga ko’ra, Bedapoyada beda 3 yil, lichan uchun 5 yil o’stiriladi. Beda dukkakli ekin bo’lganidan, ildizidagi tuganak bakteriyalar tufayli tuproqdagi azot miqdorini shu muddat ichida ancha oshiradi. Natijada Bedapoyani buzib eqilgan ekin hosili mo’l bo’ladi. Bedapoya O’zbekistonning shimol viloyatlarida oktabr, Janubiy viloyatlarida noyabr oyida haydaladi. Bedapoya haydash oldidan maxsus lushchilnik yoki ag’dargichi olib qo’yilgan plug bilan 6-8 santimetr chuqurlikda yumshatiladi. Bunda beda ildizi bo’g’zidagi kurtaklari quriydi, kelasi yili Bedapoyaga ekilgan ekinlarni o’t (beda) bosishi kamayadi.