BEKKER
BEKKER (Becker) Garri (1930) – Amerika iqtisodchisi, inson kapitali (ish kuchining shakllanishi) nazariyasi asoschilaridan biri. Ilmiy ishlari ijtimoiy muammolar (oilaviy munosabatlar, jinoyatchilik, irqiy kamsitish va boshqalar) ni iqtisodiy tahlil qilish masalalariga bag’ishlangan. Nobel mukofoti laureati (1992).
BEKKER (Becker) Karl Genrix (1876.12.4, Amsterdam – 1933.10.2, Berlin) — nemis islomshunosi va davlat arbobi. «Islom» («Deg Yslam») jurnalining asoschisi (1910) va bosh muharriri. Prussiya madaniyat vaziri. Pedagogika akademiyasiga asos solgan. Islom tarixiga oid asarlarida Bekker Islomning tashkil topishi va tarqalishida ijtimoiy-iqtisodiy omillar birlamchi rol o’ynaganini isbotlashga harakat qildi