BEKTEMIR

BEKTEMIR — Toshkent viloyatining sobiq Bektemir tumanidagi shaharcha (1960 — 81), tumanning ma’muriy markazi bo’lgan. Bektemir 19-asr o’rtalarida vujudga kelgan (1981 — 90 yillarda Narimonov deb atalgan), 1990 yildan Bektemir va unga yondosh hududlar Toshkent shahrining Bektemir tumani.