Avokado, alligator noki nimani anglatishini bilasizmi

Avokado, alligator noki nimani anglatishini bilasizmi – lavrdoshlarga mansub doim yashil daraxtlar turkumiga kiradi. Gullari oq, ikki jinsli. Ko’kimtir-qizil tusli (bir urug’li) nosimon meva hosil qiladi. Mevasi 250-600 gramm bo’lib, tarkibida 30% gacha moy va 1,5-4% gacha oqsil bor. Pishgan mevasi yeyiladi. MDHning subtropik mintaqalarida, jumladan, Qora dengiz atroflarida o’sadi, Gruziyada ham hozirgi vaqtda ekilmoqda. O’zbekistonda hozirgacha ekilmagan. Bir tupidan 50 kg gacha, 1 ga meydondan esa 16 tonnagacha hosil olish mumkin.

Fikr bildirish