Alamli qishlog’i haqida eshitganmisiz?
Alamli qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Samarqand oblast, Bulung’ur rayonida. Toponim haqida turli afsonalar saqlangan. Ulardan birida shunday hikoya qilinadi: “Katta bir kanal qurilishida xalq og’ir azob tortadi. Bu haqida xonning sevikli o’g’liga arz qiladilar. Xalqqa rahmi kelgan bola otasidan kanal qazilishini to’xtatishni talab qiladi. G’azablangan xon shu yerda bolani ham, shikoyat qilgan kishini ham so’ydiradi. Shundan keyin xalq bu yerni alamli (g’amli) deb atay boshlaydilar”. Alamli asli arabcha alam – “bayroq, tug’” so’zi bilan aloqadordir. Hozir ham dindorlar nazarida muqaddas hisoblangan joylarga, mozorlarga alam, ya’ni har xil lattalar ilib qo’yish odati saqlangan.


