ARSHAKIYLAR Parfiyadagi arshakiylar sulolasiga qardosh bo’lgan shohlar sulolasi haqida nimani bilasiz?

ARSHAKIYLAR (Arshakunil arman arshakiylari — Parfiyadagi arshakiylar sulolasiga qardosh bo’lgan shohlar sulolasi. Tiridat I (62 yildan, rasman 66 — 80) tomonidan asos solingan. Xisrav I (217 — 238) davrida Arshakiylar hokimiyati merosiy Tue olgan. Tiridat III Buyuk (287 — 332) davrida xristianlik Armanistonning rasmiy davlat diniga aylangan (taxminan 301). Arshakiylar ichki tarqoqlikka qarshi hamda Armanistonning mustaqilligi uchun muvaffaqiyatsiz kurash olib borganlar. Eron va Vizantiya o’rtasida Buyuk Armaniston taqsimlangach (387), Arshakiylar ularning vassaliga aylanganlar. 428 yil Arshakiylar sulolasi barham topgan.

Fikr bildirish