BESHBALIQ
BESHBALIQ, Beshbalig’ [turkiycha Beshshahar; xitoycha beytin (Shimoliy shahar)]—Sharqiy Turkistondagi qadimgi shaharlardan (milodiy 1-14-asr 1-yarmi). Xitoydagi Szimus shahridan taxminan 10 kilometr shimoldagi Xupuszi qishlog’i yaqinida xarobalari saqlangan. Xitoy manbalariga ko’ra shahar qadimgi zamonlarda (milodiy 25-220 yillardagi Kichik Xan sulolasi hukmronligi davrida) mahalliy hokim qarorgohi — Kaganstupa bo’lib, 7-asrga kelib Szinman va beytin deb nomlangan; 658 yildan beytin Xitoyning mudofaa markazi bo’lib, uni boshqarish Xitoy noiblari, ba’zan turkiy xonlarga topshirilgan. 714 yil xitoylik Kug’yavol Mochjo xoqon o’g’li boshchiligidagi turkiy qabilalarning hujumini qaytargan; lekin, shu asrning oxiriga borib turkiylar va tibetliklar Beshbaliqda Xitoy hukmronligiga CHSK qo’yganlar. Beshbaliq uyg’urlar qo’liga o’tgan, 791 yil qarluqdar egallagan. Keyinchalik shahar yana uyg’ur hokimi qarorgohi sifatida tilga olinib, manbaga ko’ra, 982 yil Sun sulolasi elchisi Ban Yande Beshbaliq saroyida qabul qilingan. Elchining ma’lumotnomasiga ko’ra, Beshbaliqda budda ibodatxonasi (637 yil qurilgan) bo’lgan, aholi bog’dorchilik, miskarlik, zargarlik bilan shug’ullangan. «Hududulolam»AA B. Panjikat («Besh shahar») deb qayd etilib, to’qqiz o’g’uzlar qabila boshliqlarining yozgi qarorgog’i sifatida tavsif berilgan. Beshbaliq viloyati 13-asrboshida mo’g’ul istilochilari yo’lida uchragan eng dastlabki madaniy o’choqlardan biri bo’lgan. Bu paytda u Qoraxoja (hozirgi Turfan yaqinida) bilan birga uyg’ur xoqonligi markazi edi. Mo’g’ullar davlati paytida Beshbaliq gubernatori Mas’ud Yalavoch bo’lgan. 1275 yil Chig’atoy ulusi xonlarining hujumini qaytarishga erishgan, biroq keyinchalik 1331 yildagi Xitoy xaritasiga ko’ra, Beshbaliq va Qoraxoja Chig’atoy ulusi tarkibida bo’lgan. Shahar Chig’atoy ulusidagi o’zaro ichki urushlar natijasida vayron bo’lgan.