BESHOTAR
BESHOTAR — o’qdoni (magazini)ga beshta o’q joylashtiriladigan miltiq. 1891 yilda rus qurolsozi S. I. Mosin ixtiro qilgan. 19-asr oxirida dunyodagi barcha davlatlarning qo’shinlari o’qdonli miltiqlar bilan qayta qurollantirilgan. Si. Mosin Beshotarga 3 marta o’zgartirish kiritib, 1930 yilda uni kalibri 7,62 millimetrli Beshotar deb atagan. Nishonga olish uzoqligi 2000 metr. Beshotarda ko’rsatilgan eng yaxshi natija 400 metrgacha, optik moslama o’rnatilgandan keyingi natijasi 800 metrgacha. O’q stvol ichidagi burama o’yiqlardan 3 marta aylanib o’tgan. Beshotarda minutiga 10-12 ta o’q otish mumkin bo’lgan. 2-jahon urushidan keyin pistolet-pulemyotlar, karabinlar yaratilgandan so’ng Beshotar o’z ahamiyatini yo’qotgan.