BILEFELD

BILEFELD (Bielefeld) Germaniyadagi shahar, shimol Reyn Vestfaliya yerida. Aholisi 322,1 ming kishi (1992). Tevtoburg O’rmonlari tog’lari yo’lagidagi transport yo’llari tuguni. To’qimachilik markazi (16- asrdan). Mashinasozlik, oziq-ovqat, kimyo-farmasevtika sanoati, tikuvchilik korxonalari bor. Shahar tarixiy manbalarda ilk bor 1015 yilda qayd etilgan.