BILGA XOQON BITIKTOSHI
BILGA XOQON BITIKTOSHI — marmar bitiktosh, turkiy yozuv yodgorligi. Bilga xoqon sharafiga qo’yilgan (735 yil). Ulan Batordan 400 kilometr Janubdagi Qorabalg’asun shahrining xarobalaridan taxminan 40 kilometr shimolda joylashgan. Bo’yi 3 metr 45 santimetr, eni 1 metr 74 santimetr, qalinligi 72 santimetr. Bilga xoqon bitiktoshi 80 satrdan iborat: 41 satri toshning yuz tomoniga, 15 satrdan 30 satr ikki yon tomoniga, 7 satr orqa tomoniga, 2 satr toshning tarashlangan 2 qirrasiga yozilgan. Mazkur bitiktoshni Kultegin bitiktoshi bilan birga 1889 yil rus olimi N. M. Yadrintsev Mo’g’ulistonning Kosho Tsaydam vodiysida Ko’kshin Urxun daryosi bo’yidan topgan. Yodgorlik matni nemis, frantsuz, dan, ingliz, rus tillariga tarjima qilingan, turk va uzbek tillarida tavsif etilgan. Ad.: Malov S. E., Pamyatniki drevnetyurkskoy pismennosti, M., 1951; Abdurahmonov F., Rustamov A., Qadimgi turkiy til, T., 1982.