«O’G’UZNOMA»
«O’G’UZNOMA» — turk-o’g’uz shajarasi va ularning afsonaviy hukmdori O’g’uz xoqon haqidagi epik yodgorlik; kitobiy epos. Uyg’ur yozuvida bitilgan. Asarning asl nusxasi taxm. 15-asrda ko’chirilgan, Parij kutubxonasida saqlanadi. «O’g’uznoma»ning turli variantdagi versiyalari bor. Uning eng ko’p tarqalgan varianti Abulg’ozi Bahodirxonning «Shajarayi turk» (1669) asarida saqlangan. «O’g’uznoma» ko’p tillarga, jumladan, nemis (does, 1815), rus (V.V.Radlov, 19-asrning oxiri; A.M.Shcherbak, 1959) va boshqalar tillarga tarjima qilingan. «Kitobidadam Qo’rqut»ning ham bir bobi «O’g’uznoma» nomi bilan ataladi.