O’G’IT

O’G’IT — tarkibida o’simliklar uchun zarur oziq elementlar bo’lgan yoki tuproqdagi oziq moddalarni harakatga keltiradigan organik yoki anorganik moddalar. O’g’it deganda o’simlikning oziq elementlari bilan birga, tuproqqa solinganda oziq elementlarini ishga solishga yordam beradigan bakterial preparatlar, tuproq strukturasi, kimyoviy va biologik xususiyatlarini yaxshilaydigan pqeparatlar ham tushuniladi. Odam O’g’itlarni qo’llab o’simliklar uchun ijobiy oziqlanish balansi yaratadi, tuproqdagi moddalar aylanishiga faol aralashadi. Kimyoviy tarkibiga qarab O’g’it. organik, mineral va bakterial bo’lishi mumkin. Organik O’g’itga go’ng, torf, sharbat, har xil kompostshr, qishloq x.o’jalik ishlab chiqarishi, sanoat va shahar xo’jaligi chiqindilari hamda ko’kat o’g’itlar kiradi. Organik O’g’it tarkibida o’simliklarning oziq mineral elementlari (azot, fosfor, kaliy, mikroelementlar va boshqalar) hamda organik moddalar bo’ladi. Mineral O’g’itga azotli o’g’itlar, fosforli o’g’itlar, kaliyli o’g’itlar, kompleks o’g’itlar, ohakli O’g’it, mikroo’g’itlar va boshqalar; bakterial O’g’itga nitragin, azotobak- terin, fosforbakterin va boshqalar taalluqli. Bevosita xo’jaliklarda olinadigan O’g’it mahalliy, kimyoviy korxonalarda ishlab chiqariladigan O’g’it — sanoat o’g’itlari deb ataladi. O’g’it tuproqqa solinadi, o’simlikka purkaladi (bargidan oziqlantirish) yoki urug’likka ishlov berishda qo’llaniladi. O’g’itni ko’p martalab katta ulushlarda solish va tuproqni madaniylashtirishning boshqa usullari (ishlov berish, almashlab ekish va boshqalar) tuproq hosil bo’lishi jarayonining yo’nalishini o’zgartirishi; yangi tuproq tipchalari — yuqori hosildorligi bilan ajralib turadigan madaniylashgan (har xil darajadagi) antropogen tuproqlar hosil bo’lishiga olib kelishi mumkin. O’g’it to’g’ri solinganda o’simliklar o’sishiga, rivojlanishiga ijobiy ta’sir qiladi, hosilni oshiradi va mahsulot sifatini yaxshilaydi. O’g’itning samaradorligi qishloq xo’jalik ekinlarining biologik xususiyati, tuprokdagi oziq elementlar miqdori va boshqalarga bog’liq. O’g’it O’rta Osiyo sug’orma dehqonchiligi sharoitida qishloq xo’jalik ekinlari hosilini oshirishning asosiy vositasidir. O’g’itni ilmiy asoslangan me’yorlarda ishlatish uning atrof muhitga salbiy ta’sirini bartaraf etishga yordam beradi. Sobirjon Azimboyev.