Bitta gulga suv qo’yish uchun ba’zan birgina gulchelak ham kifoya qiladi. Ammo katta maydonlarni sug’orish mushkul yumush. Buning uchun dastlab ariq va egatlar qaziladi. Tuproqni bunday namlash usuli sug’orish (irrigatsiya) deb ataladi. Suv cho’llarni bo’stonga aylantirish qudratiga ega. Buni vohalarda yashaydiganlar va Mirzacho’l, qarshi cho’li kabi taqir yerlarni obod qilgan kishilar yaxshi bilishadi. Yerni sug’orish degani uni ekinlar hayoti uchun zarur bo’lgan suv bilan to’ydirish demakdir. Ko’pgina sug’orish usullari bor. Suvni daryodan kanal qazish yoki yotqizilgan quvurlar orqali dalalarga olib chiqish mumkin. Yo bo’lmasa, quduq qazib, suvni nasos yordamida dalaga chiqarish ham mumkin. Nihoyat, suv suv omboridan akveduk — yerdan ko’tarilgan maxsus ariqlar orqali sug’oriladigan yerlarga olib boriladi.
Sho’rtoblar nimani anglatishini bilasizmi
Sho’r I nimani anglatishini bilasizmi
Shlang nimani anglatishini bilasizmi
Shuvoq (Ermon) nimani anglatishini bilasizmi
Shchit nimani anglatishini bilasizmi
Shvits qoramol zoti nimani anglatishini bilasizmi
Sho’r yerlar melioratsiyasi nimani anglatishini bilasizmi
Cho’chqaboqar nimani anglatishini bilasizmi
Cho’pon-cho’liq nimani anglatishini bilasizmi

