BLONDEL FRANSUA

BLONDEL FRANSUA (1618.15.7, Ribemon, Pikardiya — 1686.21.1, Parij) — frantsuz me’mori, klassisizm namoyandasi, nazariyotchi me’mor. Qirollikdagi me’morlik akademiyasi direktori (1671 yildan). Italiyaning Qadimgi va Uyg’onish davri me’morligi ta’sirida binolar barpo etgan (Parijdagi Senden darvozasi, 1672 va boshqalar), shahar va qo’rg’onlar loyihasini yaratgan. «Me’morlik kursi» asarini yozgan (1675-83).