BLOMBERGEN
BLOMBERGEN (Blumbergen) (Bloembergen) Nikolas (1920) — amerikalik fizik. Niderlandiyada tug’ilgan. 1949 yildan AQShda. Ilmiy ishlari yadroviy magnit va electron paramagnit rezonansga, nochizig’iy optikaga, kvant elektronikaga oid. Radiodiapazondagi paramagnit kvant kuchaytirgichni yaratishda 3 sath usulini qo’llashni tavsiya etdi. Nobel mukofoti laureati (1981, V. Shavlov bilan hamkorlikda).
O‘xshash so‘zlar
- BLONDEL FRANSUA
- BLOX FELIKS
- BLOXIN NIKOLAY NIKOLAYEVICH
- BLOXINTSEV DMITRIY IVANOVICH
- BLUM
- BLUMING
- BLUMING-SLYABING
- BLYUZ

