Karam juda ko’hna o’simlikdir, undan ovqatga ishlatiladigan ko’pgina o’simliklar kelib chihqan, ular orasida siz karamga aloqadorligini tasavvur ham qila olmaydiganlari bor. Bundan bir necha ming yillar muqaddam Yevropaning dengiz sohillarida behuda o’sib o’tgan bir o’simlik bo’lgan. Uning tusi yorqin sariq, yaproqlari esa bujmaygan holda edi. Ushbu yovvoyi ajdoddan 150 dan oshiq turdagi madaniy o’simliklar kelib chiqqan. Ular orasidan oddiy karam, xashaki karam, Bryussel karami, gulkaram, brokkoli va kolrabini hamma biladi. Dastlab oddiy karamning o’rtasidan o’zak o’sib chiqadi, uning atrofida esa qat-qat yaproqlar paydo bo’la borib, katta va qattiq boshga aylanadi. Qizil va oq karamlarning yaproqlari silliq bo’ladi. Yangi uzilgan oq boshli karamni ovqatga ishlatish ham, xomligicha yeyish ham mumkin. Xashaki karam yovvoyi karamga o’xshaydi, uning barglari katta-katta va bir-biridan alohida-alohida o’sadi. Bryussel karami bir vaqtning o’zida ham oq boshli karam, ham xashaki karamni eslatadi. Uning oq karamning ayrisiga o’xshash kichik boshchalari katta va to’la yozilgan yaproqlarning ostki qismi yonidagi poyada o’sadi. Gulkaramning yaproqlari emas, xush bo’yli gul g’unchasi iste’mol qilinadi. G’unchalardan qattiq massa o’sib chiqadi va u erkin o’sayotgan yaproqlar bilan qurshalgan bo’ladi. Gulkaramni o’stirish qiyin bo’lgani uchun italyanlar uning brokkoli deb ataladigan boshqa bir turini yaratishgan. Kolrabining tuproq ustida yumaloq va yo’g’on joyi bor. Aynan mana shu yo’g’on joy o’simlik hali yosh va nozik bo’lgan paytda ovqatga ishlatiladi.
Sho’rtoblar nimani anglatishini bilasizmi
Sho’r I nimani anglatishini bilasizmi
Shlang nimani anglatishini bilasizmi
Shuvoq (Ermon) nimani anglatishini bilasizmi
Shchit nimani anglatishini bilasizmi
Shvits qoramol zoti nimani anglatishini bilasizmi
Sho’r yerlar melioratsiyasi nimani anglatishini bilasizmi
Cho’chqaboqar nimani anglatishini bilasizmi
Cho’pon-cho’liq nimani anglatishini bilasizmi

