Garchi donli o’simliklar turi unchalik ko’p bo’lmasa-da, ular insoniyat uchun qimmatli oziq-ovqat mahsulotidir. Ular don deb ataladigan urug’i tarkibida inson uchun bebaho oziq-ovqat mahsuloti — kraxmal bor. Ayrim o’tlarning urug’lari qadim zamonlardan beri inson va jonivorlar uchun oziq vazifasini o’tab kelgan. Inson dastlab yovvoyi holda o’suvchi o’simliklarning donlarini yiqqan, ammo asta-sekin ularni o’stirishni ham o’rgana borgan. U boshoqlarni, pishgach, yulib olib quritgan va donini ajratib olgan. Buning uchun boshoqlar tekis yerga qo’yilib, maxsus g’allayanchgich to’qmoq bilan savalangan. So’ngra somon hayvonlarga yemish va to’shama bo’lgan, don esa yig’ib olinib, ovqatga ishlatilgan. Don tarkibidagi kraxmal qattiq po’stloq bilan o’ralgan. U urug’ ko’karib chiqishi uchun ozuqa vazifasini o’taydi. Shuning uchun donni iste’mol qilishdan oldin suvga ivitish va qattiq toshlar o’rtasiga qo’yib yanchish kerak. Don ikkita qattiq tosh orasida yanchilib, maydalanib unga aylantirilgan. U dastlab suvda ivitilib, yeyilgan. Inson qadim zamonlarda undan non yopishni ham o’rganib oldi. Bug’doy, suli, arpa va sholi kabi donli o’simliklar keng tarqalgan. Ammo Shimoliy Amerika hindulari yana bir o’simlik — makkajo’xorini ham ular qatoriga qo’shishdi. Undan ham juda mazali va foydali un olinadi.
XVII-XIX asrning birinchi yarmida Samarqandning siyosiy tarixi
XVI asr – XIX asrning birinchi yarmida Samarqand. Shayboniylar Samarqandda
Adabiy hayot
Samarqand – XIV-XV asrlar Movarounnahrda ilmiy tafakkurning markazi
Hunarmandchilik va savdo

Nima uchun guruch suv ostida o’stiriladi?

Eng ulkan hajmdagi bo’shliqlik koinotda qayer?

Nimaga kimdir sizga ovqat tayyorlab bersa, ovqat yanada mazaliroq bo’ladi?

Nimaga dengizchilarni qo’l soati 24 soatdan iborat?
