BOSIM DATCHIGI
BOSIM DATCHIGI — gaz yoki suyuqlik bosimini mexanik, elektr yoki pnevmatik signalga aylantirib beradigan o’lchov o’zgartirgichi. Yuqori va past bosimlarga mo’ljallangan xillari bo’ladi. Yuqori (10 mn/m2 dan ortiq) bosimga mo’ljallangan Bosim datchigi (masalan, magnitoelastik va pezoelektr Bosim datchigi) o’lchanadigan kattalik (qiymat)ni bevosita chiqish signaliga aylantirib beradi. Past bosimga mo’ljallangan Bosim datchigi oldin bosimni mexanik siljishga aylantirib, keyin uni chiqish signaliga aylantiradi.