BOTIRMIRZAYEV ZAYNALOBIDDIN NO’XAYEVICH
BOTIRMIRZAYEV ZAYNALOBIDDIN NO’XAYEVICH (1897, Dog’iston, Oqsoy qishlog’i — 1919.10.10, Batayurt) — qo’miq shoiri, qo’miq dramaturgiyasining asoschisi. N. Botirmirzayevning o’g’li. Qozon, Astraxon shahrida o’qigan, so’ngra o’qituvchilik qilgan. 1916 yilda otasi bilan Xasav yurtda «Tong Cho’lponi» adabiy-dramatik to’garagini tuzgan va shu nomda jurnal chop ettirgan (1917). Dog’istonda chiqqan «Ishchi xalqi» gazetasiga muharrirlik qilgan. «Doniyolbek», «Madrasaga mulla keldi» (1916-17) va boshqa pyesalari bilan qo’miq dramaturgiyasiga asos solgan. Juda oz she’rlari saqlanib qolgan. Botirmirzayev asarlari ommaning baxti uchun kurash g’oyalari bilan sug’orilgan. Denikinchning tomonidan otib o’ldirilgan.