BOTQOQI TUPROQLAR
BOTQOQI TUPROQLAR — o’ta nam sharoitda hosil bo’ladigan tuproqlar; bunday tuproqda namsevar o’simliklar rivojlanadi. Botqoqi tuproqlarda torf gorizonti, chirimagan va chala chirigan holdagi organik moddalar juda ko’p, o’simlik oziq moddalarida esa kul moddalari kam bo’ladi. Shuningdek Botqoqi tuproqlar ko’llar, sekin oqadigan daryolarning har xil suvo’tlar, qamish, qiyoqlar bosishi jarayonida ham rivojlanadi. Botqoqi tuproqlarni tasniflashda ulardagi torf hosil bo’lish jarayoni hamda sho’rlanish darajasi hisobga olinadi. Botqoqi tuproqlar torfbotqoqli, allyuvial, soz, allyuvial loyqa botqoqli tuproqlarga, ular esa o’z navbatida sho’rlanmagan va sho’rlangan turlarga bo’linadi. Quritish hamda boshqa agromeliorativ tadbiriy choralar qo’llagandan so’ng bunday tuproqlarga qishloq xo’jalik ekinlarini ekish mumkin. Asosan Shimoliy yarim sharda — Rossiya, Kanada, AQSh, shuningdek Braziliya, Argentina, Indoneziyada tarqalgan. O’rta Osiyoda yerlarni quritish meliotrasiyasi tadbirlari va suvdan to’g’ri foydalanishni izga solish tufayli Botqoqi tuproqlar maydoni juda kamaygan. O’zbekistonda Botqoqi tuproqlarni faqat Markaziy Farg’ona, Chirchiq daryosi vohasi va Amudaryoning quyi oqimida uchratish mumkin.