BRAZILLAR
BRAZILLAR, o’zlarini brazilenush deb ataydilar — xalq, Braziliyaning asosiy aholisi, shundan 139 million kishi Braziliyada yashaydi (1990-yillar o’rtalari). Umumiy soni 149,4 million kishi. Paragvay, Argentina, AQSh va Portugaliyada ham yashaydilar. Brazillar portugal tilida so’zlashadilar. Brazil millatining tashkil topishiga (16— 19-asrlar) Yevropa mustamlakachilari — portugal, italyan, ispan, nemislar va Braziliyaning yerli qabilalari (tupiguarani, je, aravak, Karib va boshqalar) hamda Afrikadan qul qilib olib kelingan negrlar (bantu, Angola, Eve, Bengela va boshqalar) asos bo’lgan. Braziliyaning yerli aholisi (16-asrda 1 millionga yaqin) yevropaliklar mustamlakasi davrida qisman qirib tashlangan, qolganlari Brazillar tarkibiga singib ketgan. Dindorlari asosan katoliklar, protestantlar ham bor, yerli xalqlar va negrlar o’rtasida qadimgi diniy e’tiqodlar, politeizmning belgilari uchraydi. Qishloq aholisining asosiy mashg’uloti dehqonchilik (paxta, sholi, makkajo’xori, kofe va boshqalar), chorvachilik (qoramol, yilqichilik), dengiz qirg’og’ida yashovchilar esa baliq ovi bilan shug’ullanadi. Brayl, Bray (Braille) Lui (1809.4.1, Kuvre 1852.6.1, Parij) frantsuz tiflopedagogi, ko’rlar yozuvining ixtirochisi. 3 yoshligida ko’r bo’lib qolgan. Parijdagi ko’r bolalar institutida o’qituvchilik qilgan. O’z nomi bilan ataladigan va hozirgi vaqtgacha ko’rlarning butun dunyoda qo’llanilayotgan relef nuqtali shriftini ishlab chikdan. Brazillar shriftida bosilib chiqqan birinchi kitob «Frantsiya tarixi»dir (1837). Brazillar harf va raqamlardan tashqari xuddi shu printsip asosida nota yozuvini ham ishlab chiqqan. Brazillar iste’dodli musiqachi bo’lgan, ko’rlarga musiqadan dars bergan.