Bir talay o’simliklar (lolalar, gulsafsarlar va boshqa tur piyozlar) piyozboshdan o’sadilar. Piyozbosh deganda yer ostidagi kalta poyli tag shox tushuniladi. Undan qish sovuqlaridan so’ng o’simlikning yaxshi o’sishi uchun zarur bo’lgan oziq moddalarni qishga to’plashda foydalaniladi. Usimlik gullab bo’lishi bilan u piyozboshda oziq moddalarni yig’a boshlaydi. Ular ba’zan juda katta bo’lib ketadi. Sovuq tushishi hamon o’simlikning tanasi qurib, qovjirab uzilib tushadi. Piyozbosh esa qish bo’yi yer tagida bo’ladi, yer piyozboshni sovuq urishdan saqlaydi. Bahorda, eruvgarchilik tugab, yerlar qizigan payti piyozboshda yig’ilgan oziq moddalar yangi o’simlikka hayot baxsh eta boshlaydi. Dastlab piyozboshdan nish unib chiqadi, u yerni yorib tepaga, quyoshga intiladi. Yer ustida u poya va barg yoyadi. Gullab bo’lgandan so’ng eski piyozboshdan boryo’g’i qobiq qoladi va undan bir nechta yangi piyozbosh paydo bo’ladi. Kelasi yil ularning har bittasi yangi o’simlikka hayot in’om etadi. Bitta lola butun boshli lolazorni yaratishi mumkin.

Nimaga 1 soat 60 daqiqaga teng?

Nimaga yong‘in yuqoriga qarab tarqaladi?

Nimaga suv qaynaganda bug‘ hosil bo‘ladi?

Nimaga 1-yanvar Yangi yil bayrami?

Nimaga boks ringi kvadrat shaklda bo‘ladi?

Nimaga triatlon musobaqalarida turli sport turlari birlashtiriladi?

Nimaga Badminton to’pi yengilroq?

Abxala

“Abulmuslimnoma”
