BUKISH STANOGI

BUKISH STANOGI — yog’ochni bukib zarur shakl beradigan qurilma; ishi yog’ochning plastik xossasidan foydalanishga asoslangan. Yog’och Bukish stanogida bukilganda yog’och zarralari orasidagi bog’lanish buzilmagani, ya’ni yog’och tolalariga zarar yetmagani holda barqaror egri chiziq shaklidagi detal hosil bo’ladi. Yog’ochning jinsiga qarab, u presslab yoki presslamay bukiladi. Bukish stanogiga almashinadigan andaza o’rnatib, metal shinaning old uchi bilan biriktiriladi. Andaza ishlov beriladigan zagotovkaga kerakli (egri chiziqli) shakl berish uchun xizmat qiladi. Presslab bukishda qisuvchi rolik bukish jarayonida zagotovkani tolasiga ko’ndalang tarzda presslaydi. Presslamay bukishda qisuvchi rolik olib qo’yiladi yoki yoniga suriladi. Bukishdan oldin zagotovkaga gidrotermik (suyuklikissiklik) ishlovi beriladi. Bukish stanogi mebel, chang’i, g’ildirak va boshqa buyumlar ishlab chiqarishda keng qo’llaniladi.