«Mamont» deganda juda ulkan, bahaybat hayvon ko’z oldimizga keladi. Qadim-qadim zamonlarda mamont degan hayvonlar yashagan. Mamont filga o’xshab ketgan va yer yuzining aksar qismida kun kechirgan, ammo bizning kunlarga qadar yetib kelmagan. Filning qadimiy namunasi bo’lgan «mamont»ning kattaligi taxminan hozirgi hind filinikicha keladi. Uning o’tkir bosh suyagi va juda g’ayritabiiy dandon tishi burama bo’lib, ularning uchi bir-biriga qarab turgan. Tanasini uzun jun qoplab olgani uchun mamontlar hozirgi fillardan farq qiladi. Juni juda uzun bo’lganidan hatto yerga tegib turgan. Yelkasida kattakon bukuri, qulohlari esa juda kichkina bo’lgan. Mamontning tanasi sarg’ish-jigarrang junlar bilan qoplangan, ular orasidan esa uzun, qora va dag’al jun o’sib chihqan. Quloqlarini ham jun bosgan. Mamont kutilmaganda oldimizdan chiqib qolsa, unga eng avvalo: «borib sochingni oldir!»deyishimiz mumkin. Hayvonlar mana shunday jun po’stini bilan o’zini hatto sovuq iqlimda ham bemalol his etgan. Qadim fillarning ajdodi bo’lgan mamont sovuq hatto Arktika iqlimida ham o’zini erkin his qilgan. Shu tufayli u Sibirda yomon yashamagan; uning bu yerda yaqin-yaqinlargacha hayot kechirgani ma’lum. Boshqa joylarda, masalan, Angliya va Fransiyada mamontlar muz davri tugagunga qadar yashagan, xolos. Ikki muz davri oralig’ida, Angliyada harorat ko’tarilgan payti mamont muzlar ortidan shimol sari yo’l olgan. Mana shu davrda mamontlar Shimoliy Amerikada ham yashagan va ayrimlarining bo’yi 4 metrga yetgan. Nihoyatda og’ir bo’lganidan mamontlar tez-tez muz iflosliklariga botib qolgan va oqibatda muz qotgan. Shuning uchun ham yaxshi saqlangan mamontlarni hozirga qadar Sibirga o’xshash joylardan topishadi.