BULBULZORSOY

BULBULZORSOY — Samarqand viloyatidagi soy, Omonqo’tonsoyning o’ng irmog’i. Taxtaqoracha dovonining sharqidan, 1300 metr balandlikdan boshlanadi. Uzunligi 7 kilometr, suv sarfi 50-70 l/sek. Bulbulzorsoy, asosan, buloq suvlari, qor va yomg’ir suvlaridan to’yinadi. Bulbulzorsoy havzasida akasiya, qarag’ay daraxtlari o’sadi, Bodomzor, O’rikzor, yong’oqzorlar bor. Bulbulzorsoy vodiysida bulbul, yovvoyi kaptar, kaklik ko’p.