BULDURUQO’T

BULDURUQO’T (Anita plantago aquatica L.) — alismadoshlar yoki bulduruqdoshlarga mansub ko’p yillik begona o’t. Poyasi 40-150 santimetr, bargsiz, tik o’sadi. Ildiz bo’g’zi barglari tuxumsimon, uzun bandli. Gullari oq yoki och pushti, sochoq ro’vak to’pgulga to’plangan. Mevasi — ovalsimon urug’. Iyun — sentabrgacha gullaydi va mevalaydi. Urug’idan hamda ildizpoya kurtaklaridan ko’payadi. Bir tupi 21 mingtagacha urug’ beradi. O’sib turgani mol va otlar uchun zaharli. Ildizpoyasidan kraxmal olish mumkin. Ildizi va barglari quritilgan holda xalq tabobatida ishlatiladi. Bulduruqo’t siyrak chiqqan sholipoyada ayniqsa kuchli rivojlanadi. Sugorish shoxobchalarida ko’p o’sadi. Urug’likni tozalash, gerbitsidlarni purkash yo’li bilan yo’qotiladi.