BUMIDDIN XUARI

BUMIDDIN XUARI (19251978) Jazoir Xalq demokratik Respublikasi (JXDR) ning Sissiy va davlat arbobi. Polkovnik (1957). Zitun (Tunis) va Al Azhar (Misr) universitetlarida ta’lim olgan, Qohirada Arab tilidan dars bergan. 1955 yil Jazoirga qaytib kelib, Jazoir xalqining frantsuz mustamlakachilariga qarshi kurashida qatnashdi. 1958 yilda Bumiddin Oran qo’zg’olonchilarining rahbari, 1960-62 yillarda Jazoir inqilobi milliy ozodlik Kengashining a’zosi va milliy ozodlik armiyasi Bosh shtabining boshlig’i. 1962 yildan JXDRning milliy mudofaa vaziri, 1963-65 yillarda Vazirlar kengashi raisining birinchi o’rinbosari. 1965-76 yillarda JXDR Inqilobiy kengashi va Vazirlar kengashi raisi. 1976 yil dekabrdan JXDR Prezidenti.