Biror marta qovurilgan taroqchalardan ovqat tanovul etganmisiz? Taqsimchangizdagi mayda chorsilarga qarab, bularni nega suvda ko’rmagan ekanman, deb hayron qolgan bo’lsangiz kerak? Chorsi to’g’ralgan go’sht tarzida uchraydigan bu jonivor nima o’zi? Haqiqatan ham «taroqcha» nomi bilan sotiladigan hamda siz yeydigan taroqcha muayyan mollyuska turlarining yirik mushaklaridir. Ular chig’anoq tabaqalarini ochish va yopishda foydalaniladigan mushaklar bo’lib, yeyishga yaroqli yagona a’zosi hisoblanadi. Taroqcha, tabiiyki, g’alati jonivor. Xabaringiz bor, aksariyat qo’shtabaqalilar (ikki chig’anoqli mollyuskalar) hayot kechirishi uchun o’zlariga joy topadilar va shu yerda yashab qoladilar. Ular tosh va daraxtlarga yopishib yoki okean tubiga ustrisalar kabi to’shalib oladi. Biroq taroqchalar ulardan mutlaq farq qiladi. Taroqchalar harakatlanishni yaxshi ko’radi. Ular doimo ko’chib yuradi. Ular chig’anoq ichiga kiradigan, so’ng kuch bilan tashqariga chiqarib yuboriladigan suv yordamida harakatlanadi. Bu ularga biltanglab oldinga suzish imkonini beradi. Taroqcha mutassil harakatda bo’lgani uchun u sayyohlar ramziga aylanganidan xabaringiz bormi? O’rta asrlarda ibodatchilar taroqcha chig’anog’ini soyabonlariga taqib, boshqalarni dengizda juda uzoq masofa bosganidan vohif etishgan. Taroqchalar shilliqqurtlar, venerkalar va ustrisalar kiradigan mollyuskalarning katta oilasiga mansubdir. Ularning ikki yuzdan oshiq turi bor. O’rtamiyona taroqcha sohilga yaqin bo’g’ozlarda yashaydi. Uning ko’ndalang o’lchami 3 santimetrgacha chiqadi. Eng katta taroqcha dengiz taroqchasidir. U sohildan uzoq, ancha chuqur joylarda hayot kechiradi va en tomoni 15 santimetrga yetadi.