O’RMON-TUNDRA ZONASI
O’RMON-TUNDRA ZONASI — Shimoliy yarim sharning subarktika mintaqasidagi tabiiy zona, Janubda mo’tadil mintaqaning o’rmon zonasi bilan shimoldagi tundra zonasi orasida joylashgan. Yevrosiyo va shimoliy Amerikaning shimol qismida kengligi 30— 50 kilometrdan 300 — 400 kilometrgacha bo’lgan hududlarni egallaydi. Hududining 25-30% daraxtzor va butazorlardan iborat. Iqlimi ancha keskin. Yanvarning o’rtacha temperaturasi — 10° dan -40° gacha, iyulniki 10° dan 14° gacha. Yog’in miqdori 200-400 millimetr, lekin bu miqdor mumkin bo’lgan bug’lanishdan yuqori, shuning uchun botqoqlik va ko’l ko’p. Gleylashgan podzol va torfligley, torflibotqoq tuproqlari yupqa, organic moddalari juda kam. Daryo vodiylaridagi siyrak o’rmonlar yer bag’irlab o’sadi. Hududining katta qismidan bug’uchilik uchun yaylov sifatida foydalaniladi, vodiy o’tloqlaridan pichan o’riladi.