O’RTA ROSSIYA QIRLARI
O’RTA ROSSIYA QIRLARI — Rossiya Federatsiyasi Yevropa qismining markazidagi qirlar. Shim.da oka vodiysidan Janubda Donesk kryayigacha cho’zilgan. Qirlar Kaspiy, Qora va Azov dengizlari suvayirg’ichi hisoblanadi. Uzunligi 1000 kilometr, enining keng joyi 500 kilometr, balandligi 220-250 metr (eng baland joyi 293 metr); Janubiy Sharqiy qismi kalach qirlari deb ataladi. O’rta Rossiya qirlarining o’rta qismida tokembriy kristall zamini yer yuzasiga yaqin va don daryosi vodiysida, Pavlovsk va Boguchar shahrilari orasida yer yuzasiga chiqib yotadi. Yer yuzasida hamma joyda lyossimon qumoqlar va lyosslar uchraydi. Qirlar Rossiya platformasining anteklizidir. Bu hududda tokembriy davri yotqiqizlaridan tashkil topgan platforma poydevori yer yuzasiga yaqinlashadi. Foydali qazilmalari: Kursk magnit anomaliyasi temir rudasi (Mixaylovsk koni), qo’ng’ir ko’mir va boshqalar qirdan yirik daryolar boshlanadi. Tuprog’i qoratuproq (shimolda sur tusli o’rmon tuprog’i). Hududida Markaziy qoratuproq va Galichya Gora qo’riqxonalari joylashgan. Ko’p qismi haydalgan.