O’RTA TOLALI G’O’ZA

O’RTA TOLALI G’O’ZA — 2436 millimetr tola beradigan g’o’za navlari. O’rta tolali g’o’zaga, asosan, Meksika g’o’zasi navlari, qisman Afrika-Osiyo g’o’zasi navlari kiradi. Bu g’o’za tolasidan to’qimachilik sanoatida xilmaxil gazlamalar va texnika mahsulotlar ishlab chiqariladi. Jahonda ishlab chiqariladigan paxta tolasining 80% dan ko’prog’ini O’rta tolali g’o’zalar beradi. O’rta Osiyoda g’o’za ekiladigan maydonlarning 90% ga yaqinini O’rta tolali g’o’za navlari tashkil qiladi. O’rta tolali g’o’za navlari morfologik, biologik va qimmatli xo’jalik belgilariga ko’ra xilma-xil. Vegetatsiya davri 100-180 kun va undan ham ko’proq, 1700 1900° samarali, 4330-4740° faol haroratni talab etadi. Tupi ixchamdan to tarvaqaylagan shaklgacha boradi. Poyasi bo’yi 50-60 santimetrdan 120-150 santimetrgacha. Poyasining tuklanishi siyrak. Barglari yashil, bo’lmalari keng, uchburchak shaklda. Gullari o’rtacha va yirik, Gulbarglari ochsariq, tubida to’q qizil dog’lari yo’q. Ko’saklari 3-3,5 grammdan 8—II grammgacha, 4— 5 chanokli, sirti silliq, och yashil, sharsimon, tuxumsimon shaklda, pishib yetilishi bilan chanoqlari yaxshi ochiladi. Chigiti mayda-yirik (1000 ta chigiti vazni 90-95 grammdan 160180 grammgacha), aksariyati tukli (tuksiz chigit beradigan navlari ham bor). Tolasi oq, malla ranglari ham uchraydi. Tola chiqishi 30% dan 40% gacha. O’rta tolali g’o’za ekiladigan asosiy hududlar: O’rta Osiyo, AQShning g’o’za ekiladigan shtatlari, Pokiston, Hindiston, Janubiy Braziliya, Argentina, Meksika, Afrikaning ayrim mamlakatlari, Xitoyning shimoliy Sharqiy viloyatlari, Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtati va boshqalar O’zbekistonda ekiladigan asosiy O’rta tolali g’o’za navlari (2005): Anboyovut 2, S4727, S6530, S6524, Toshkent 6, Oqdaryo 6, An 402, Namangan 77, Buxoro 6, Yulduz, Xorazm 126 va boshqalar Abdumavlon Abdullayev.