O’RTA URAL TOG’I
O’RTA URAL TOG’I — Ural tog’larining eng past qismi. 56° va 59° shahri kengliklar orasida. Shim.da Ostyanka tog’i, Janubda Ufa daryosining kenglik bo’ylab yo’nalgan vodiysi bilan chegaralangan. Balandligi 250-500 metr, shimolda eng baland joyi 994 metr (O’rta baseg tog’i). O’rta Ural tog’i gersin burmalanishida shakllangan yirik antiklinaldir. U mezozoy davrida yemirilgan va hozirgi balandligiga yangi tektonik harakatlar ta’sirida ko’tarilgan. Asosan, gneys, amfibolit, kvarsit, ohaktosh va qumtoshlardan hosil bo’lgan. Relyefi yassi tepaliklardan iborat, g’arbiy yon bag’rida karst rivojlangan. Daryolari Volga va ob havzalariga mansub. Ko’llar bor. Ignabarglilar va oq qayin tog’terak o’sadi. Foydali qazilmalarga boy.