O’RTACHA QUYOSH VAQTI
O’RTACHA QUYOSH VAQTI — o’rtacha quyosh deb ataluvchi faraziy nuqtaning soat burchagi. O’rtacha quyosh haqiqiy quyosh bilan bir vaqtda bahorgi tengkunlik nuqtasi (T) da chiqib va yil davomida tekis harakatlanib, yana haqiqiy quyosh bilan bir vaqtda T ga qaytib keladi. 1925 yildan boshlab unga 12 soat qo’shilib, O’rtacha quyosh vaqtining boshlanishi yarim kecha paytiga ko’chirilgan.