CHAYNASH

CHAYNASH — og’izda ovqatni maydalash, ezish, ularni so’lak bilan namlash va yutum hosil qilishdan iborat fiziologik jarayon. Odam va ko’pgina hayvonlarda Chaynash chaynov muskullari qisqirganda, pastki jag’ harakatining yuqori jag’ harakatiga nisbatan turlicha o’zgarishi natijasida amalga oshadi. Chaynashda til va lunjlar harakati ham ahamiyatga ega. Chaynash apparatining shikastlanishi, ayniqsa, tishlarning bo’lmasligi yoki yetishmasligi ovqat hazm qilish a’zolarining kasallanishiga olib keladi.