CHALOB

CHALOB — qatiq yoki suzmadan tayyorlanadigan chanqovbosar ichimlik. Chalobni tayyorlash uchun suzma (1 kilogramm suzmaga 2 l suv) qaynatib sovitilgan suv bilan yaxshilab atalanadi. So’ng tuz, qalampir, ko’kpiyoz, kashnich, ukrop, Rayhon va boshqalarni mayda to’g’rab, atalangan suzmaga solib aralashtiriladi. Tayyor Chalob iste’moldan oldin sovitiladi yoki muz solinadi. Chalob yozning issiq kunlarida chanqoqni yaxshi bosadi.