CHIZIQLI TENGLAMALAR

CHIZIQLI TENGLAMALAR (matematikada) — noma’lumlarning faqat birinchi darajalari aniq koeffitsientlar bilan qatnashib, ularning yuqori darajalari, o’zaro ko’paytmalari va murakkab funktsiyalari qatnashmagan tenglamalar. Bir noma’lumli Chiziqli tenglamalar ax=b ko’rinishda bo’ladi. Bir necha noma’lumli hollarda esa Chiziqli tenglamalar sistemalari bilan ish ko’riladi. Aniqlovchi va matritsa to’g’risidagi ta’limotlar paydo bo’lganidan keyin Chiziqli tenglamalar nazariyasi rivojlandi. Chiziqlilik tushunchasi algebrik tenglamalardan matematikaning boshqa sohalaridagi tengliklarga ko’chiriladi. Masalan, chiziqli differentsial tenglama noma’lum funktsiya va uning hosilalari chiziqli, ya’ni 1-darajaliga kiradigan tenglamadir.