Moskitlar boshqa organizmlar qatori yerda yashaydi. Odam uni xush ko’rmaydi, undan qutulishga harakat qiladi, ammo bu urinishlari besamar ketmoqda. Moskitlar yer yuzi bo’ylab tarqalgan. Ayrim turlari birga, boshqalari esa ma’lum mintaqalarda yashaydi. Moskitlarning 70 ga yaqin turi Qo’shma Shtatlarda hayot kechiradi. Odam moskitlardan qutulishni istaydi, chunki ularning ayrim turlari kasalliklar tarqatadi. Sariq bezgak virusini tashiydigan bu hasharotlar, misol uchun bir talay tropik o’lkalarda qirib tashlangan. Moskitlarning odam g’ashini keltiradigan ikki asosiy xususiyati bor. Birinchidan, moskitlar chaqadi. Moskitning modasi chaqqanda, u qonga zaharli suyuqlik yuboradi. Bu zahar chaqilgan joyni og’ritadi va qichitadi. Ikkinchidan, g’uvillashi asabga tegadi. Bu g’uvillash moskitlar uchun muhim ahamiyatga ega, chunki bu ularning oshiq-moshiqlik o’yinidir. Nar pashsha modasini tez hilpirayotgan qanotlari chiqaradigan sekin va davomli ovozi bilan chaqiradi. Modasi esa quloqni teshadigan darajada g’uvillaydi. Moskitlarning biror narsada odamga nafi tegadimi? Ularning yakkayu yagona nafi — qachonki, bu hasharotlarning ma’lum turlari boshqa, yanayam zararli bo’lgan turlarini yeb qo’yganidan bo’lishi mumkin. Masalan, chaqmaydigan moskitlar lichinkasi chaqadiganlarining lichinkalarini yeydi.

Kislorod nimadan tashkil topgan?

Sigirlar zinadan tusha oladimi?

Sharpalar oroli haqida bilasizmi?

Dumsiz mushuklar haqida bilasizmi?

Futbol hakami oʻziga qizil kartochka bera oladimi?

Jek — temiryoʻl signalchisi boʻlib ishlagan maymun haqida bilasizmi?

Hurishni bilmaydigan it haqida bilasizmi?

Nega baʼzi hayvonlar qishki uyquga ketishini bilasizmi?

Nega xoʻroz ertalab qichqiradi?
