Paragvay
Rasmiy nomi — Paragvay Respublikasi. Poytaxti — Asunson. Hududi – 406,8 ming km.kv. Aholisi – 6 mln.dan ortiq (2012). Davlat tili ispan. Dini — katoliklar (90%), protestantlar (5%). Pul birligi — guarani. Geografik joylashuvi va tabiati. Janubiy Amerikaning markaziy qismidagi davlat. Janubda va janubi g‘arbda Argentina (chegara uzunligi 1880 km), shimol- da va shimoli g‘arbda Boliviya (1290 km) davlatlari bilan chegaradosh. Chegaralarining umumiy uzunligi — 3920 km. Mamlakat hududi asosan tekisliklardan iborat. Asosiy daryosi Paragvay mamlakatni ikki qismga ajratib turadi. Sharqiy hududlari o‘rmonzor tepaliklardan iborat. Brazil tekis tog‘liklari turkumiga kiradi. Gran-Chano viloyati asosan past botqoq daryo tekisliklaridan iborat. Asosiy tabiiy boyliklari: temir rudasi, marganes, ohaktosh, yog‘och. Ishlov beriladigan yerlar mamlakat hududining 20% ini, yaylov va o’tloqlar — 39% ini, o‘rmonlar va dashtzorlar — 35% ini tashkil etadi. Iqlimi — tropik. Paragvayning doimiy yashil o‘rmonlari va dashtzorlarida daraukariya, yerbya kabi daraxtlar o‘sadi. G‘arbda palma o‘rmonzorlari keng tarqalgan. Yovvoyi apelsin daraxtlari ham ko‘plab uchraydi, hayvonot dunyosi juda boy, bu yerda puma, yaguar, bo‘ri, botqoq bug‘usi, chumolixo‘r va hokazolar bor. Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — prezidentlik respublikasi. 19 departamentdan tashkil topgan. Paragvay 1811-yil 14-mayda mustaqillikka erishgan (ilgari Ispaniyaga qarashli hududlar bo‘lgan). Davlat va hukumat boshlig‘i prezident. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni ikki palatali (Senat va Deputatlar palatasi) Bosh Assambleya amalga oshiradi. Eng yirik siyosiy partiyalari: Milliy respublika Assambleyasi, Kolorado partiyasi, haqiqiy liberal-radikal partiya, Inqilobiy leyboristik partiya.
Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Ishga yaroqli aholining yarmi band bo‘lgan qishloq xo‘jaligi va o‘rmonchilik mamlakat eksportining katta qismini ta’minlaydi. Asosiy eksport mahsulotlari — paxta, qahva, shakarqamish, chorvachilik ham rivojlan- gan. Sanoat asosan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini va yog’ochni qayta ishlashga asoslangan. Paragvay yirik gidroenergetik salohiyatga ega. XX asming 90-yillari boshlarida Paragvayning Argentina, Braziliya va Urugvaylarni o‘z ichiga olgan Umumiy bozorning janubiy boiimiga qo‘shilishi regiondagi iqtisodiy faollikning oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Asosiy savdo hamkorlari: Braziliya, Yl, AQSH, Argentina. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi — 1300 km, avtomobil yo‘llari 11300 km, ichki suv yo‘llari — 3100 km. Asosiy port — Asunson. Tarixi. Guarani hindu qabilalari yashovchi Paragvay hududi 1515-yilda Dias de Soli tomonidan kashf qilingan edi. 1525-yili Diyego Garsia tomonidan mamlakat o‘rganilgandan so‘ng Paragvay, Peru vitse qirolligi tarkibiga kirgan ispan mustamlakasiga aylandi. 1610-yilda Ispaniyadan kelgan iyezuitlar 1767-yilga qadar mavjud bo’lgan o‘ziga xos davlat ichidagi davlatni tashkil qilishdi. 1811-yilda Paragvay ispan mustamlakachilariga qarshi kurashda g‘alaba qozonib, mustaqillikka erishdi. Mamlakat prezidenti Salono Lopes 1865-yilda Paragvayni Argentina, Braziliya va Urugvayga qarshi qonli urushga tortdi. Buning oqibatida Urugvay o‘z hududlarining katta qismidan mahrum bo‘ldi. 1928-yilda Chano provinsiyasida neft konlarining ochilishi Boliviya davlati bilan 1950-yilgacha davom etgan harbiy to‘qnashuvga sabab bo‘ldi. 1954-yilda Paragvayda general Stressnerning harbiy diktaturasi o‘matildi. 1989-yildagi davlat to‘ntarishi oqibatida general Stressner general Bodrij tomonidan ag’darilib, hokimiyat fuqarolik hukumati qo‘liga topshirildi.