DAZMOL

DAZMOL — gazlama, kiyim-kechak, ko’nchilik mahsulotlari va boshqalarga issiqlik ishlovi berish (qizdirib silliqlash) uchun mo’ljallangan asbob. Uy-ro’zg’orda, maishiy xizmat korxonalarida, tikuvchilik fabrikalarida, ko’n zavodlarida ishlatiladi. Ro’zg’orda ishlatiladigan Dazmolning ko’mir yoki o’tin chugida qizdiriladigan, plita ustiga quyib qizdiriladigan va elektr xillari bor. Hozir, asosan, elektr Dazmol ishlatiladi. U metall asos, qopqoq, qizdirish elementi (spiral) va shnurdan iborat. Ba’zi elektr Dazmollar issiqlik darajasini uzgartiradigan (termorostlagichli) (masalan, 700 Vt — 1000 Vt li) qilib ishlab chiqariladi. Ba’zi Dazmollarda dazmollanadigan joyni ho’llab turadigan suv «kosacha» bo’ladi. Tikuvchilik fabrikalari, maishiy korxonalarda maxsus (og’irroq va quvvatliroq) Dazmollar va dazmollash presslari ishlatiladi. Ko’nchilikda ishlatiladigan Dazmol 90-100° gacha qizdiriladigan plita va unga terini qisadigan rolikdan iborat. Dazmol qadimdan ma’lum. 11-asrda O’rta Osiyoda Dazmol andavaga uxshash temir asbob bo’lib, uni o’tda qizdirib, kiyimning chok va bahyalarini bostirganlar, sirtini silliqlaganlar. Keyinchalik, olov Dazmol paydo bo’lgan. U paytlarda Dazmolni utuk (otuk) deb atashgan (M. Koshgariy «Turkiy suzlar devoni», T., 1960). Hozir ham Xorazm, Samarqand viloyatlarida xalq Dazmolni utuk deb yuritadi.