D’ALAMBER-LANGRANJ PRINTSIPI

D’ALAMBER-LANGRANJ PRINTSIPI — mexanikaning asosiy printsiplaridan biri; har qanday ideal bog’lanishli mexanik sistemalardagi harakatlarning xususiyatini aniqlaydi va shu sistemalarga tegishli dinamik, statik masalalarni echish usullarini beradi. J. D’Alamber va J. Langranj nomi bilan ataladi. D’alamber—Langranj prinsipiga asosan, har qanday ideal bog’lanishli mexanik sistemalarning haqiqiy harakati uchun vaqtning har bir lahzasida barcha faol va inersiya kuchlarining bajargan elementar ishlari yig’indisi nolga teng.