DAM XENRIK (HENRIK) KARL PETER
DAM XENRIK (HENRIK) KARL PETER (1895.21.2 – 1976.24.4) – daniyalik biokimyogar. Daniya fanlar Qirollik jamiyati a’zosi (1948 yildan). Kopengagen politexnika instituti professor (1941). Asosiy ishlari sterinlar, K va E vitaminlari biokimyosi, shuningdek, yog’larga oid. Jo’jalarda xolesterin metabolizmini o’rgana turib, K vitaminni va qon ivishida bu vitamin rolini aniqlagan (1929). Uni ajratib olish va tozalash usullarini ishlab chiqqan (1928-30), shuningdek, tibbiyot amaliyotida qo’llanish yo’llarini ko’rsatib bergan. Nobel mukofoti laureati (1943).