DO’HA
DO’HA, Ad-Do’ha — Qatar davlatining poytaxti. Arabiston yarim orolida, Fors qo’ltig’i sohilida joylashgan. Qatar yarim orolining Sharqiy qirg’og’idagi yirik port. Aholisi 410 ming kishi (2000, shahar atrofi bilan). Muhim savdo markazi. Metallsozlik, tsement, mebel, qurilish materiallari, gilam, oziq-ovqat mahsulotlari, o’g’it ishlab chiqaruvchi mayda korxonalar, issiklik elektr stansiyasi, xalqaro ahamiyatga ega aeroport, ko’plab masjid va maktablar, universutet bor. Dengizdan baliq ovlanadi, marvarid olinadi.