DO’STMUHAMMADXON

DO’STMUHAMMADXON (1790/93 -1863) – afg’on amiri (1834-40, 1842-63), barakzoilar sulolasining asoschisi. Durroniylar davlati emirilgach, G’azna va Kobul amiri (1834). Afg’on yerlarini birlashtirish maqsadida mayda xonliklarga qarshi kurashgan. Inglizlar va afg’onlar o’rtasidagi urushda asir tushgan (1840 yil oxiri), Hindistonga surgun qilingan. 1842 yilda inglizlar urushda yengilgach, Do’stmuhammadxonni ozod qilishga majbur bo’lgan. Do’stmuhammadxon qayta Afg’oniston taxtiga chiqqan. 1855-63 yillarda Qandahor, Hirot va mayda xonliklar (oqcha, Qunduz, Xulm) ni o’z davlatiga qo’shib olgan. Do’stmuhammadxon hukmronligi yillarida Afg’oniston hozirgi chegarasigacha kengaygan.