DARVISH SHAYXIM QALANDARIY

DARVISH SHAYXIM QALANDARIY (15-asrning oxiri, Hirot — 16-asr, Balx) — sozanda, xonanda, bastakor. Darvishali Changiy o’z risolasida uning xushovozliligini yuksak baholagan. Darvish Shayxim Qalandariy «Navo dashtining xushxon bulbuli» nomi bilan mashhur bo’lgan. Shayboniylardan Kisri qora Sulton Hirotni ishg’ol etgach, Darvish Shayxim Qalandariy Balxga ko’chgan (1506). Balx hokimi Pirmuhammad Sulton Segoh yo’lidagi naqshlariga maftun bo’lib, uning shuhratiga shuhrat qo’shgan. Darvish Shayxim Qalandariy asarlariga ustod Abdulloh Noyi, Hofiz Qonuniy, Ustod Ilyos Noyi, Ustod Poyondaiy Qobuziy, Ustod Muhammad Surnoyi, Ustod O’zbek G’ijjakiy va boshqalar ham yuqori baho berishgan.